Songtexte.com Drucklogo

Dada Songtext
von Dilso'z

Dada Songtext

Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko′p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada

Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada

Bolalik chog′imda asrab, erkalab
Goho onadayin sochlarim tarab Gohida opichlab, ko'nglimga qarab
Siz hammadan yaxshisiz, dada

Siz mening bog'imsiz, suyangan tog′im
To′g'ri yo′l ko'rsatib, adashgan chog′im
Bolam deysiz meni, deysiz oppog'im
Siz hammadan yaxshisiz dada
Siz hammadan yaxshisiz dada


Dardim tinglab topasiz chora
Kecha kunduz bo′lib ovvora
Men aytaman yana ming bora
Siz hammadan yaxshisiz dada

Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada

Ketgim kelmaydi hech quchog'ingizdan
Baxtga to′la mehr o′chog'ingizda
Siz azim daraxtsiz yaprog′ingizman
Siz hammadan yaxshisiz, dada

Mehringiz berdingiz, bizga munosib
Ota bo'lib, o′g'il-qizga munosib
Farzand bo′lay deyman sizga munosib
Siz hammadan yaxshisiz, dada
Siz hammadan yaxshisiz dada

Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada


Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada

Dunyoda ko′p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz, dada

Songtext kommentieren

Log dich ein um einen Eintrag zu schreiben.
Schreibe den ersten Kommentar!

Fans

»Dada« gefällt bisher niemandem.